GET /Qoida1 Tanqidiy fikrlash:

Tanqidiy Fikrlash Diagrammasi

Tanqidiy fikrlash - bu shunchaki shubha qilish yoki har bir gapni inkor qilish emas. Bu – oʻylash, tahlil qilish va tanqidiy qarash orqali haqiqatni bilishga intilishdir.

IXTIYORIY MA'LUMOTNI MIYAMIZ ENG KAMIDA SHUNDAY QABUL QILISH KERAK?

  • Xabar qayerdan kelyapti? [manba]
  • Gapini tayini bormi? [mantiqiy asos]
  • Axborot bilan reallik mosmi? [gapi-gapiga mosmi?]

Ma'lumot olsak uning manbasi, mantiqiy asoslari va undagi ehtimoliy qarama-qarshiliklarni koʻra olishimiz kerak. Tanqidiy fikrlash bizga faqat bilimni emas, balki uni qayta ishlash, qayta savolga qoʻyish va haqiqiy anglash imkonini beradi.

Bu jarayonda biz doimiy ravishda oʻzimizga: “Nima uchun?”, “Qanday qilib?”, “Nima boʻlishi mumkin edi?” kabi savollarni beramiz. Bu savollar esa aslida promptlarning ham yuragi hisoblanadi.