Protokol://57

TANQIDIY FIKRLASH VA PROMPT ORQALI
SUN'IY INTELLEKTNI BOʻYSUNDIRING.
XURSHID MAROZIQOV
1% BILIM LOYIHASI

Kirish://

Bu qo'llanma ChatGPT bilan muloyim gaplashishni oʻrgatmaydi. Baribir “Iltimos”, “Rahmat” degan soʻzlarni tanimaydi. Bu yerda faqat natija muhim. ChatGPT — robot. U sizning kayfiyatingizni, niyatingizni, “yaratib ber" degan iltimosingizni umuman tushunmaydi. U “kod” asosida ishlaydi. Buyruqlar asosida ishlaydi. Va aynan shuning uchun koʻpchilik undan toʻliq foydalana olmaydi.

Ishoning, sizdan aqlli boʻlmagan odamlar — ChatGPT'dan sizdan 100 karra koʻp foyda olyapti. Sababi oddiy: ular qanday gapirishni, qanday buyruq berishni biladi. Siz esa... Mayli. Hozircha vaqt bor.

Shuning uchun bu ko'rsatmalar yozildi. Shuning uchun siz buni sotib oldingiz. Boshlang'ich foydalanuvchi bo'lsangiz, qo'llanmani tugatgandan so'ng, texnikalar va protokollarga amal qilsangiz, javoblaringiz eng kamida 5 barobar yaxshilanishi kerak.

Bu qo'llanmani yozish uchun men, 15+ ilmiy maqolalar, sanoqsiz blogpostlar, OpenAI va Anthropic kabi soha yetakchilari e'lon qilgan hujjatlarni o'rganib chiqdim. Hammasini shu 57 ta protokolga jamladim. Sinalganlari shu yerda jamlandi.

Bu qo'llanma — soʻzlaringizni qurolga aylantiradi.

ChatGPT sizni tinglashni emas, sizga xizmat qilishni oʻrganadi. Siz esa shunchaki foydalanuvchi emas, komandirga aylanasiz.

Yaxshi fikr — notoʻgʻri buyruq bilan berilsa, yaroqsiz gapga aylanadi. Kitob sizga buyruq berishdagi taktik-uslublarni sodda tilda, misollar bilan tushuntiradi.

O'rganganlarimiz yaxshi g'oyalamizni, fikrlarimizni qo'llovchi qurolga aylansin.

Omiyn.

-Xurshid Maroziqov
t.me/birfoizbilim

ChatGPT bilan ishlashni boshlashdan oldin bilishingiz shart boʻlgan 4 asos

// ChatGPT, Claude, Grok, va hokazolar nima?

Ular sun'iy idrokka asoslangan tizimlar uchun interfeys. Ularni orqasida LLM (Large Language Model) turadi. LLM bu katta til modeli, millionlab matnlarni o'rgangan, ulardan mantiqiy pattern (chizgilarni) aniqlagan va shular asosida siz bergan buyruqni tushinishga harakat qiladi.

U sizga:

  • maqola yozib beradi,
  • savollarga javob beradi,
  • maslahat beradi,
  • tarjima qiladi,
  • kod yozadi,
  • reklama matnidan biznes rejagacha,
  • rasm yaratadi
  • tahlil qiladi va ho kazo.

U siz bilan odamdek suhbatlashadi, lekin bu shunchaki ko'rinish. Aslida, u siz yozgan matn asosida eng mos keladigan javobni taxmin qiladi. Bu taxminlar yuz minglab kitoblar va saytlar asosida shakllangan. Siz yozasiz - u taxmin qiladi. Agar siz to'g'ri so'ramasangiz, u yaxshi javob bermaydi.

// Sun'iy Intellekt nima?

AI - bu "Sun'iy Intellekt". Inson kabi o'ylay oladigan, o'rganadigan va qaror qabul qila oladigan texnologiya.

AI nafas olmaydi. U uxlamaydi, charchamaydi. Lekin u o'z-o'zidan ishlamaydi. Sizdan ko'rsatma kutadi.

Shuni esda tuting: AI - bu aqlli qurol. Yaxshi ishlatilsagina foyda beradi. Aks holda sizni chalkashtiradi.

// Token nima?

Token bu – so'z bo'lagi. ChatGPT sizning yozganingizni tokenlar bo'yicha hisoblaydi.

Masalan:

  • "salom" = 2 token
  • "Bugun ob-havo chiroyli" = 5 token atrofida
  • I sahifa matn ≈ 500 token

Bu nima uchun muhim? ChatGPT sizga chegaralangan token miqdorida javob beradi. Agar siz haddan tashqari ko'p yozsangiz – u kesadi. Yoki aniq yozmasangiz, u mavzudan chetga chiqadi. Shuning uchun tokenni tejash – aniq yozishdan boshlanadi.


// Keyingi 5 sahifani diqqat bilan o'qing...