XURSHID MAROZQOV

35 Yoshdan oshganlarga

Quyidagi maslahatlarni o'zim kuzatib, guvohi bo'lib, o'rganib va tasdiqlab keyin yozdim. Siz uchun ham foydasi tegishi aniq.

Endi tanangiz 25 yoshli tana emas.

Endi sizning tiklanish vaqtingiz boshqacha. Har hafta “qahramon” bo‘lishga urinib, keyin grija yoki bel og‘rig‘i, qonda keyinchalik tromb hosil qilish kabi narsalar - odatiy hol. Tana avval sekin mayda og'riqlar bilan "ogohlantiradi", signal beradi. Eshitmasangiz, keyin "baqiradi".
Uyqu endi tanlov emas.

Ko‘pchilik charchoqni “qarilik” deb biladi, aslida esa – uyqusizlik gormoningizni buzadi, immunitetingizni yemiradi, xotirangizni xira qiladi. To'yib, to'g'ri uxlash – dangasalik emas. Bu endi tanangizga "texnik xizmat" ko'rsatishdek gap.
Nima Uchun Uhlaymiz?
Metyu Uolkerning mashhur xalqaro bestseller kitobi buni tasdiqlaydi.
Do‘stlaringiz soni tabiiy ravishda kamayadi. Shuning uchun tanlab do‘st bo'ling.
Har safar ko‘rishganingizda asabingiz buziladigan, biror manaviy yoki boshqa manfaat olib bo'lmaydigan odamlar bormi? Ruxsat – bunday odamdan uzoqlashing. Sizga energiya beradigan, to'g'ri yo'lda hamroh bo'ladigan insonlarga vaqt ajrating.


Agar hali boshlamagan bo‘lsangiz, kuch mashqlarini (tosh ko'tarish, masalan) boshlang.
Sport zalini yoqtirmaysizmi? Endi farqi yo'q. Mushaklar 30 yoshdan so‘ng so'nib boradi. Suyaklar ham ularga ergashadi. 75 yoshda ham o‘ziga xizmat qila oladigan odamlarni ko'rganmisiz? Ular tanalarini to'g'ri parvarish qilgan odamlar. Bir joyda yotganlar esa aksariyat hollarda bu masalaga befarq bo‘lganlar.


“Yo‘q” deyishni o‘rganing.
Izohsiz. Sizning vaqtingiz eng qimmat resursingiz. “Men bunga ulgurmayman” degan gap yoki chiroyli "uzr aytish" – to‘liq va yetarli javob. Yoshligingizda hamma odamlarni xursand qilish foydali edi. Endi esa – charchatadi, vaqtingizni oladi.
Tez-tez o'zingiz bilan suhbat qilib turing. Xatolarga qaytib, ulardan dars olishdan cho'chimang.
Kolonoskopiya va tibbiy ko‘riklarga jiddiy qarang.
Yoshi katta tajribali shifokorlardan so'rasangiz, hammasi bir hil gapni aytadi. "Juda ko‘p og‘ir tashxislar bor edi – vaqtida tahlil topshirilganda, oldi olinardi." Saraton erta aniqlansa, ko‘pincha davolanadi. Kech qolinsa – Xudoni irodasi... O'zingizni tekshirtirib turing. Xudo tanani omonat qilib bergan.

Ota-onangiz qarimoqda. Bunga tayyor bo‘ling.
Ular qanday yashashni xohlashadi? Qanday yordam kerak? Duo olib qolish uchun vaqtingiz chegaralanligini sezing. Qo'ldan boy bermang vaziyatlarni.
Keyin yana bir narsa... Achchiq yoki yoqimsiz bo'lsa ham pul, meros masalalari qanday bo‘ladi? Bu savollarni reanimatsiyada emas, hozir muhokama qilish kerak. Aks holda – hammaga og‘ir bo‘ladi, rishtalar ham uzilishi mumkin.
“Keyinroq” deb yurgan orzularingizni ortga surmang.

Tizzangiz o‘zi-o‘zidan tuzalmaydi. Energiya ko‘paymaydi. Majburiyatlar birdan yo‘qolmaydi. Italiyaga borishni xohlaysizmi yoki Tajvid o‘rganmoqchimisiz? Reja tuzing – bugun.

Ish va oiladan tashqari hayotingizga mazmun beradigan nimadir toping.

Ko‘ngilli bo‘lish, bog‘ yaratish, yoshlarni yo‘llash, vaqf qurish – farqi yo‘q. Boshqalarning ehtiyoji yoki e’tiboriga bog‘liq bo‘lmagan maqsad kerak. Aks holda – nafaqadagi bekorchilik ichingizni yemiradi.

Ba’zi odamlarni, hatto o‘zingizni ham hafa qilasiz. Bundan qochib bo'lmaydi. Shunga ko'ning.


Har narsani ideal qilishga urinish – 40 yoshdan keyin ortiqcha yuk. “Yetarli” degani – ko‘pincha yetarli. Farzandingizni qaysidir maktab tadbiriga bora olmasangiz, fojea emas. Dam olish kunlari ishga chiqmadingiz, siz bo'lmasangiz ham amallashadi.



Yodda tuting: vaqt cheklangan. Energiya ham. Buni inkor etish – har ikkisining barbod bo‘lishiga xizmat qiladi. Miyani foydali narsalar bilan band qilish uchun 1% Bilim telegram kanaliga ulaning.